Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bahor og‘ushidagi Toshkent
11:24 / 2026-03-05

FOTOREPORTAJ

Bahor fasli poytaxt Toshkentga o‘zgacha fayz bag‘ishlamoqda. Shahar ko‘chalarida gullagan daraxtlar, yashil maysalar va iliq bahor havosi tabiatning yangilanishini namoyon etmoqda.

Erta tongdanoq shahar xiyobonlarida hayot jonlanadi. Daraxt shoxlarida qushlar sayraydi, mayin shamol gullar iforini atrofga taratadi. Yo‘laklarda odamlar o‘z yumushlari bilan shoshilsa, ayrimlar bahor nafasidan bahramand bo‘lib, sayr qilmoqda.

Poytaxt xiyobonlarida yoshlar suhbat qurib, keksalar tabiat qo‘ynida dam olmoqda. Bolalarning quvnoq kulgusi, sport bilan shug‘ullanayotgan yoshlar, velosiped haydayotganlar va kitob mutolaa qilayotganlar shahar muhitiga o‘ziga xos jon baxsh etmoqda.

[gallery-27975]

Bahor faslida Toshkentning tabiiy manzarasi yanada jozibador tus oladi. Gullagan daraxtlar, keng xiyobonlar va sokin tabiat uyg‘unligi poytaxt aholisi va mehmonlariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaydi.

Kamola Yusupova,

Nosirjon Haydarov (surat), O‘zA