French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bahor manzaralariga bag‘ishlangan ko‘rgazma
15:29 / 2023-03-24

Poytaxtimizdagi Markaziy ko‘rgazmalar zalida bahor manzaralariga bag‘ishlangan san’at asarlarining ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Unda taniqli rassomlarning 200 dan ortiq bahor manzaralari va Navro‘zga bag‘ishlangan asarlari namoyish etildi. Har bir asarda ijodkorning ona yurtiga, tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbati tasvirlangan.  

[gallery-11027]

Ko‘rgazmada Anvar Mirsagatov, Xurshid Ziyaxanov, Mariya Li-Safi, Tatyana Fadeyeva, Jamol Usmonov, Akmal Ikromjonov kabi taniqli rangtasvirchi rassomlar, grafik rassomlar Anvar Mamadjanov, Tatyana Li, Asliddin Kalanov, kulollar Faniya Dedenyova va haykaltarosh Lyudviga Nesterovichlar o‘zlarining yangi asarlari bilan ishtirok etdi.  

Ko‘rgazma 10 aprelga qadar davom etadi.  

 

Gulnoza Boboyeva,  

Oybek Pardayev (surat), O‘zA