Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bahor gullari – iqtidor yulduzlari
14:17 / 2026-03-01

Navoiy viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba qizlar o‘rtasida O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim tavalludi hamda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayollarni e’zozlash” oyligi doirasida “Bahor gullari – iqtidor yulduzlari” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.

Viloyatdagi 5 ta oliy ta’lim muassasasining iqtidorli talaba qizlari 4 ta shart asosida o‘z bilim, salohiyat va mahoratlarini namoyon etdi. Tanlov jarayonida ishtirokchilar intellektual savodxonlik, pazandalik mahorati, ijodiy iste’dod hamda ma’naviy yetuklik yo‘nalishlarida bellashdi. 

Yakunda “Eng zukko talaba” nominatsiyasida Navoiy Sharq universiteti talabasi Xulkaroy Egamnazarova, “Eng pazanda talaba” nominatsiyasida “Profi University” talabasi Marjona Mahamatova, “Eng iste’dodli talaba” nominatsiyasida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti talabasi Shabbona Nasriddinova, “Eng ma’naviyatli talaba” nominatsiyasida esa Navoiy davlat universiteti talabasi Nargiza Yakubova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 

Navoiy innovatsiyalar universiteti talabasi Jasmina Ismatova 1-o‘rinni egallab, “Eng iqtidorli talaba” deb topildi. Tanlov g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi. 

A. Bo‘riyev, O‘zA