Bahor – bunyodkorlik, go‘zallik fasli
Muborak Ramazon oyi va Navro‘z ayyomi doirasida, urgutliklar tomonidan odatiy xayrli ishlar keng ko‘lamda jadallik bilan amalga oshirilmoqda.
Obod, sarishtali joyda baraka bo‘ladi. Pokizalik va ozodalik qalblarga nur ulashib, inson ruhiyatini ko‘taradi. Urgut aholisi har bir maskanni obod etishda faol ishtirok etib, har bir hududda bajariladigan yumushlarga ko‘tarinki kayfiyat bilan o‘z hissasini qo‘shishga intilmoqda.
Shu ma’noda, aholi tashabbusi bilan barcha mahallalarda yerlarga ishlov berish, mevali va manzarali nihollarni ekib, gul urug‘lari sepish hamda daraxtlarga shakl berish va oqlash, qabristonlarni obod qilish, yo‘l yoqalarini tartibga keltirish hamda ariqlarni tozalash va betonlash ishlari bajarilmoqda.
[gallery-16573]
O‘zA suratlari.