French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bahor – bunyodkorlik fasli
12:00 / 2023-02-22

Ko‘chat ekib, bog‘ yaratish — xalqimizning azaliy qadriyatlaridan. Negaki, azal-azaldan ota-bobolarimiz bahorga pokizalik, yaxshi orzu-niyatlar bilan peshvoz chiqqan. Yurtimizda bog‘lar, ko‘chalar hamda yo‘l yoqalarida yashnab turgan daraxtlar tevarak-atrofga ko‘rk ulashish bilan birga saranjom-sarishtalik va qut-baraka belgisi ham hisoblanadi. Zero, yerga qancha ko‘p ishlov berilsa, dehqonchilik, ziroat ham shunga qarab barakali bo‘ladi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Navoiy viloyatida ham ko‘chat ekish tadbirlari boshlandi. Xususan, Xatirchi tumanidagi fermer xo‘jaliklarining dala chetlaridagi 196,8 gektar yer maydoniga 290 ming dona tut va uzum ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan. Tumanning A.Navoiy hududida faoliyat yuritayotgan “Sulaymon sayqali” hamda “Olami tojizar saxovati” fermer xo‘jaligida tashkil etilgan o‘quv-amaliy seminarida mahorat darslari ham tashkil etildi. “Sulaymon sayqali” fermer xo‘jaligining 0,75 gektar dala chetiga 1100 dona, “Olami tojizar saxovati” fermer xo‘jaligining 0,80 gektar dala chetiga 1180 dona tut va uzum ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan. Mahorat darslari davomida fermer xo‘jaliklarida 200 dan ortiq tut va uzum ko‘chatlari ekildi.  

 Seminarda O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi xodimi Murodilla Turdiyev so‘zga chiqib, seminar ishtirokchilariga “Yashil makon” umummilliy loyihasi, ko‘chat ekish sirlari va Prezidentimizning 2023 yil 26 yanvardagi “Paxta xomashyosi yetishtiruvchilar faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori to‘g‘risida tushuncha va tavsiyalar berdi.

Tadbir ishtirokchilariga   “Fermerlar uchun ma’lumotnoma” hamda “Aholi tomorqalari va dehqon xo‘jaliklari uchun amaliy uslubiy tavsiyalar” kitobi tarqatildi.

A. Bo‘riyev, O‘zA