Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bahodir Toshmatov O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari Qo‘l jangi federatsiyasi raisi etib saylandi
19:09 / 2026-02-06

O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qo‘l jangi federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasida delegatlar tomonidan Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-polkovnik Bahodir Toshmatov federatsiya raisi etib saylandi.

Yig‘ilishda ishtirok etgan sport vaziri o‘rinbosari Avazjon Karimov, daxldor tashkilot va idora  rahbarlari, murabbiylar, sportchilar Qo‘l jangi federatsiyasi faoliyatini takomillashtirish, ushbu sport turini huquqni muhofaza qilish organlari tizimida yanada rivojlantirish borasida takliflarni ilgari surdi.

Tadbirda davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan “Qo‘l jangi sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror ijrosi yuzasidan qilinayotgan ishlar tahlil etildi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA