Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bahodir Tillaboyev: O‘zbek yoshlari uchun dunyo eshiklari ochiq! (+video)
13:47 / 2025-09-27

Globallashuv, madaniyat va qadriyatlar, milliy o‘zlik tushunchalari orasidagi masofalar kundan kunga qisqarib borayotgan pallada yoshlarimizning jahonga integratsiyalashishida til omili muhim va asosiy vazifani bajarmoqda. Darhaqiqat, ota-bobolarimizning “Til bilgan — el biladi” naqliga binoan yurtimizning ertangi kuni, uning farovonligini ta’minlash uchun yoshlarning bilim va salohiyatini oshirish, keng imkoniyatlar yaratib berish oldimizda turgan asosiy masalalardan biridir.

Yana bir muhim jixatga e’tibor qaratishimiz lozim, bugungi kunda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetini tamomlagan veterinar va chorvador mutaxassislar Yevropa davlatlarida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat olib bormoqda. Birgina o‘tgan yilning o‘zida Universitetni tamomlagan 35 nafar bitiruvchilar Yevropaning Daniya, Shvetsiya, Germaniya kabi davlatlarida mehnat faoliyatlarini boshlagan.

"Faxringman, Vatan!" loyihasining bugungi qahramoni ana shunday bitiruvchi veterinar mutaxassislardan biri Baxodir Tillabayev, 4 kunlik O‘zbekistonga safaridan foydalanib, biz ham o‘zbek yoshlari uchun xalqaro maydonda aynan chorvachilik, veterenariya sohalarida yaratilgan imkoniyatlar haqida suhbatlashish imkoniga ega bo‘ldik. Qahramonimizning yuksak orzularidan biri -- o‘zbek yoshlari hech qachon xorijga oddiy yollanuvchi ishchi emas, balki xalqaro toifadagi mutaxassis bo‘lib tanilishlarini istashi, buning uchun yurtimizda yetarli imkoniyatlar yaratilgani va bunga qahramonimiz o‘z hissasini qo‘shib kelayotgani bizni quvontirdi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/GBNmirZ7zjM" title="Bahodir Tillaboyev: O‘zbek yoshlari uchun dunyo eshiklari ochiq!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA