Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bahodir Jalolovning ringga chiqishi noma’lum sabablarga ko‘ra bekor qilindi
07:41 / 2024-04-12

Joriy yilning 14-aprel kuni poytaxtimizdagi "Humo Arena" majmuasida professional boks bo‘yicha “IBA Chempionlar oqshomi" o‘tkaziladi. Tashkilotchilar kechada ringga ko‘tariladigan bokschilar ro‘yxatini e’lon qildi.

“IBA Chempionlar oqshomi"da ringga ko‘tariladigan bokschilar ro‘yxati bilan tanishing:

-75 kg: A’loxon Abdullayev - Jargal Otgonjargal (Mo‘g‘uliston)

-71 kg: Iqboljon Xoldarov - Rahmanqo‘l Sagadat (Qozog‘iston)

-63.5 kg: Mujibillo Tursunov - Juma Choki (Tanzaniya)

-60 kg: Elnur Abduraimov -  Carlos Ornelas (Meksika)

+92 kg: Jahongir Zokirov - Smaki Agron (Xorvatiya)  

+92 kg: Maylk Xanter (AQSH) - Artyom Suslenkov (Rossiya)

-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Fatix Keles (Turkiya)

-51 kg: Hasanboy Do‘smatov - Samuyel Karmona (Ispaniya)  

Ma’lumot uchun,  “IBA Chempionlar oqshomi"da og‘ir vazn toifasidagi charm qo‘lqop ustamiz Bahodir Jalolov xorvatiyalik Smakichi Agronga qarshi ringga chiqishi kerak edi. Ammo noma’lum sabablarga ko‘ra, mazkur bahs bekor qilindi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA