French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi qoldirildi
14:04 / 2025-07-24

Joriy yilning 27 iyul kuni AQSHning Nyu-York shahrida professional boks oqshomi o‘tkazilishi haqida xabar berib o‘tgan edik.

Unda havaskor boksda ikki karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan hamyurtimiz Bahodir Jalolov italiyalik Janmarko Kardilo bilan raqobatlashishi kerak edi. Biroq, mazkur to‘qnashuv Janmarkoning sog‘lig‘idagi muammolar sabab  qoldirildi.  

Ma’lumot o‘rnida: Bahodir Jalolov professional boksda jami 15 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. U so‘nggi bellashuvida ukrainalik Igor Shevadzutskiyni ochkolar hisobiga mag‘lubiyatga uchratgan edi. Janmarko esa bugunga qadar professional ringda 12 ta g‘alaba, 1 ta durang va 2 mag‘lubiyat qayd etgan.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA