Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bahodir Jalolovning keyingi raqibi ma’lum...
09:26 / 2022-10-02

Iste’dodli bokschimiz, Olimpiya o‘yinlari g‘olibi va Jahon chempioni Bahodir Jalolov professional boksdagi navbatdagi jangini joriy yilning 15 oktyabrida Angliyaning Liverpul shahrida o‘tkazadi.

Bu haqda uning murabbiyi, boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh treneri To‘lqin Qilichev xabar berib, ushbu jangda hamyurtimizga argentinalik Ariel Esteban Brakamonte raqiblik qilishini bildirdi.

Mazkur jang tashkilotchisi "Probellum" promouterlik kompaniyasi vakili Sem Jonsning axborot vositalariga bergan intervyusida ta’kidlashicha, Bahodir Jalolovga raqib sifatidan tanlangan yigirmadan ziyod og‘ir vaznli bokschilar O‘zbek bokschisi nomini eshitishi bilan unga ro‘baro‘ kelishni istashmagan.


T. Ro‘ziyev, O‘zA