Bahodir Jalolov shogirdlariga teng keladigani yo‘q
Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”ning "Yakkakurashlar" arenasi sportning boks turi bo‘yicha kichik o‘smirlar (o‘g‘il bolalar) o‘rtasidagi mamlakat chempionatiga bir hafta mobaynida mezbonlik qildi.
Mazkur mamlakat chempionati yakuniga ko‘ra, 4 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi jamoasi umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi va musobaqaning “Eng yaxshi jamoasi”ga aylandi. Toshkent viloyati jamoasi esa 3 ta oltin, 2 tadan kumush va bronza medal bilan ikkinchi, 2 ta oltin, 1 ta kumush, 5 ta bronza medali jamg‘argan Andijon viloyati jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.

An’anaga muvofiq chempionatning “Eng yaxshi bokschisi” deya Fayozbek Noraliyev topildi. Feruza Sulaymonova musobaqaning “Eng yaxshi hakami” deya e’tirof etildi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA