Bahodir Jalolov «Parij-2024» Olimpiadasidagi yurishini muvaffaqiyatli boshladi
Parij shahri mezbonligida o‘tayotgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarining navbatdagi kunida bokschimiz amaldagi Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, jahon chempioni Bahodir Jalolov ringga ko‘tarildi.
Vazni 92 kilogrammdan ortiq bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari bahsida Bahodir norvegiyalik Omar Shiha bilan kuch sinashdi. Nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan mazkur bahsda kutilganidek o‘zbek o‘g‘loni o‘zining aniq va kuchli zarbalari bilan raqib ustidan zafar quchdi.
Endi B.Jalolov 2 avgust kuni chorak finalda avstraliyalik Teremoana Juniorga qarshi jang o‘tkazadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA