English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bahodir Jalolov Olimp cho‘qqisini ikkinchi bor zabt etdi
02:21 / 2024-08-11

Fransiya poytaxti Parij shahrida o‘tayotgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarining boks bahslarida Bahodir Jalolov final bosqichida ringga ko‘tarildi.

Vazni 92 kilogrammdan ortiq bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari orasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Bahodir Jalolov so‘nggi hal qiluvchi final bahsida ispaniyalik Ayyub Gadfaga qarshi raqobatlashdi.  

Bellashuv davomida Bahodir o‘zining metin himoyasi va kuchli zarbalari orqali raqibidan ustun keldi.

Shu tariqa B.Jalolov faoliyatidagi ikkinchi Olimpiya o‘yinlarining g‘olibi bo‘ldi. Bunga qadar, Olimpiadada hamyurtlarimizdan Hasanboy Do‘smatov (boks) va Ulug‘bek Rashitov (taekvondo WT) aynan shunday muvaffaqiyatga erishgan edi.  

Eslatib o‘tamiz, Olimpiadada medallarimiz 8 ta oltin, 2 kumush, 3 ta bronzaga yetdi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA