Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bahodir Jalolov Jizzaxdagi “SA GROUP” kompaniyasi bilan memorandum imzoladi
11:47 / 2023-07-19

Boks bo‘yicha Olimpiada va Jahon chempioni Bahodir Jalolov hamda Jizzaxdagi “SA GROUP” kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandumni imzolash jarayonida ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari xususida fikr almashildi.

Imzolangan ushbu memorandum tomonlar o‘rtasidagi biznes hamkorlikni mustahkamlashga, ishlab chiqarish jarayonlarini hamda kompaniyaning kelajakdagi rejalarini maqsadli ravishda amalga oshirish borasida katta imkoniyatlar yaratadi.
Ma’lumot o‘rnida, “SA GROUP” – innovatsion qurilish materiallari va mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. 
Ayni paytda, kompaniya materiallaridan atrof-muhit sifatini yaxshi tomonga o‘zgartira oladigan uylar, ko‘priklar, sanoat ob’ektlari qurilmoqda.

 

A.QAYUMOV, O‘zA