English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bahodir Jalolov hamda Oksana Chusovitina sport maktablarida test sinovlari bo‘lib o‘tdi
15:16 / 2025-07-22

FOTOREPORTAJ

Bugungi kunda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida 14 ta Prezident maktabi, 9 ta Ijod maktabi, 2 ta Sport maktabi va 185 ta Ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat yuritmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2024 yil 22 iyunda qabul qilingan «Toshkent shahrida boks va gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoniga asosan poytaxtimizda Bahodir Jalolov nomidagi boks va Oksana Chusovitina nomidagi gimnastika sport maktablari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

 [gallery-24406]

Bugun mazkur Sport maktablariga hujjat topshirgan talabgorlar test topshirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil qabul davomida Agentlik tizimidagi Sport maktablariga jami 582 ta hujjatlar kelib tushgan bo‘lib, shulardan 380 tasi Bahodir Jalolov nomidagi boks maktabiga hamda 202 tasi Oksana Chusovitina nomidagi gimnastika maktabiga to‘g‘ri keladi.

Muhammad AMIN(surat),O‘zA