Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bahodir Jalolov boks maktabiga qabul imtihonlari boshlandi
16:38 / 2025-07-17

FOTOREPORTAJ

Bugungi kunda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida 14 ta Prezident maktabi, 9 ta Ijod maktabi, 2 ta Sport maktabi va 185 ta Ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat yuritmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2024 yil 22 iyunda qabul qilingan «Toshkent shahrida boks va gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoniga asosan poytaxtimizda Bahodir Jalolov nomidagi boks va Oksana Chusovitina nomidagi gimnastika sport maktablari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

[gallery-24354]

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan mazkur Sport maktablariga kirish imtihonlari o‘tkazilmoqda. Imtihonlar 2 bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqich – test shaklida, ikkinchi bosqich – kasbiy (ijodiy) tarzda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil qabul davomida Agentlik tizimidagi Sport maktablariga jami 582 ta hujjatlar kelib tushgan bo‘lib, shulardan 380 tasi Bahodir Jalolov nomidagi boks maktabiga hamda 202 tasi Oksana Chusovitina nomidagi gimnastika maktabiga to‘g‘ri keladi.

Jumladan, Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga topshirilgan hujjatlar soni bir o‘ringa 16 tani tashkil etadi. Bugun mazkur sport maktabida kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi bilan birgalikda sport maktablariga o‘quvchilarni qabul qilishda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish uchun sport turlari bo‘yicha malakali mutaxassislardan iborat hakamlar hay’ati tarkibi shakllantirilgan.

Talabgorlar kasbiy (ijodiy) imtihonda jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha 60 metr masofaga yugurish, baland turnikda tortilish, past turnikda 90° osilgan holda tortilish (qizlar uchun), turgan joyidan uzunlikka sakrash, oldinga egilish kabi sinovlardan o‘tadilar. Shuningdek, maxsus jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha soya bilan jang, qoplar bilan ishlash, sparing tushish mashqlarini ham bajarishlari lozim bo‘ladi.  

Muhammad AMIN (surat), O‘zA