Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bahodir Jalolov AQSHda jang o‘tkazadi
16:10 / 2022-06-02

Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, Jahon chempioni Bahodir Jalolov navbatdagi professional boks turnirida ishtirok etish uchun murabbiyi To‘lqin Qilichev bilan AQSHga yo‘l oldi.

Hamyurtimiz ishtirokidagi professional boks bahsi joriy yilning 10 iyun kuni AQSHning Nyu-York shtatidagi Verona shaharchasida bo‘lib o‘tadi.

Boks kechasida hamyurtimiz Jalolov belgiyalik Jek Mulovayi bilan jang qiladi. Ushbu uchrashuv professional boks kechasining markaziy jangi etib belgilangan. 

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov mazkur uchrashuvga tayyorgarlik mashg‘ulotlarini Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazdi.  

 T.Ro‘ziyev, O‘zA