French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bag‘rikenglik – tinchlik va barqarorlik poydevori
12:23 / 2025-11-17

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Ellikqal’a tuman bo‘limi 61-sonli umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etdi.

Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan tashkil etilgan mazkur  tadbirda respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ellikqal’a tuman bo‘limi rahbari A. Matniyazova, 61-sonli umumta’lim maktabi direktori M. Tajimuratov va boshqalar so‘zga chiqishib,  har yili 16 noyabrda “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” keng nishonlanashi va mazkur sananing mazmun-mohiyati hamda ahamiyati borasida so‘z yuritishdi.

Mamlakatimiz  aholisi milliy tarkibiga ko‘ra, ko‘p millatli davlatlar qatoriga kiradi. Hozir O‘zbekistonda 130 dan ziyod millat va elatlarning vakillari yashaydi.  Yurtimizda turli millatlar manfaatlarini uyg‘unlashtirish, ular orasida totuvlikni ta’minlash taraqqiyotning hal qiluvchi omillaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham mamlakatimizda bu masalaga mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab, katta e’tibor berib kelinmoqda. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan bu borada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar jahon hamjamiyati tomonidan yuksak e’tirof etilmoqda.

Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan rang-barang sahna ko‘rinishlari, turli ma’rifiy ko‘rgazmalar hamda milliy taomlar namoyish etilib, tadbir ishtirokchilariga bayramona ruh bag‘ishladi.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchilar respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Ellikqal’a tuman bo‘limi tomonidan diplom va tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.

Dovud Abibullayev, O‘zA