Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bag‘rikeng O‘zbekiston – umumiy uyimiz
19:52 / 2021-06-10

Joriy yilning 11-12 iyun kunlari Sirdaryo viloyatida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida “Bag‘rikeng O‘zbekiston – umumiy uyimiz” millatlararo do‘stlik festivali o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu festivalni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida viloyatda qizg‘in tayyorgarliklar bormoqda.

Mazkur millatlararo do‘stlik festivali oldidan Sirdaryo viloyati hokimligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmalari tomonidan hamkorlikda matbuot anjumani o‘tkazildi.

[gallery-2744]

Anjumanda festival doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan loyihalar to‘g‘risida batafsil axborot berildi.

– Mazkur millatlararo do‘stlik festivali aslida bugundan boshlandi, – deydi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar viloyat boshqarmasi boshlig‘i Aziz Esonov. – Festivalning “E’tibordagilar” loyihasi doirasida imkoniyati cheklangan yoshlar holidan xabar olish maqsadida Guliston shahrida onkologiya-qon kasalliklari shifoxonasi, bolalar shifoxonasida davolanayotgan bemor bolalar, aholi xonadonlarida bo‘lib o‘z uylarida ta’lim oluvchi va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan uchrashdik. Ularga sovg‘a-salomlar ulashilib, viloyat markaziga kelish imkoniyati mavjudlariga millatlararo do‘stlik festivalida ishtirok etish uchun taklifnomalar tarqatildi.

Matbuot anjumanida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldi.

A.Qayumov, F.Toshmatov (surat), O‘zA