Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bag‘dodda yana notinchlik
09:23 / 2022-08-01

Shia imomi Muqtada as-Sadr tarafdorlari Bag‘dod markazidagi hukumatning “yashil zonasi”da joylashgan Iroq vakillari kengashi (parlament) binosi yonida chodirlardan lager qurib oldilar. Bu haqda “Al Sumaria” telekanali xabar berdi.

Shia faollari matbuot kotibi Ibrohim Al-Jabariy bayonotiga ko‘ra, shanba kuni parlament saroyini egallab olgan namoyishchilar “barcha talablari bajarilmaguncha uni tark etish niyatida emas”,

Jabariy ta’kidicha, ular uchun asosiysi “qonun chiqaruvchi hokimiyatni tarqatib yuborish va korrupsion mansabdor shaxslar bo‘lmaydigan o‘tish davri hukumatini yaratish”dir.

“Mustafo Al-Kozimiy boshchiligidagi Vazirlar Mahkamasiga zarur islohotni amalga oshirishga to‘sqinlik qilgan” Oliy sud rahbariyatini ham butkul o‘zgartirish talab qilinmoqda.