Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bag‘dodda “Xalqparvar” komissiyasi 20 nafar fuqaroga yangi uy-joy sotib olish uchun boshlang‘ich to‘lovni to‘lab berish bo‘yicha taklif kiritdi
10:31 / 2021-08-08

Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumani hokimligi huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasi a’zolari og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga Guliston yo‘ldosh shaharchasida barpo etilgan yangi ko‘p qavatli uylardan xonadon sotib olish uchun boshlang‘ich to‘lovni to‘lab berish bo‘yicha taklif kiritdi.

Mazkur taklif mahalliy Kengash raisi Vosiljon Nazarov tomonidan qabul qilinib, tasdiqlandi.

Komissiya raisi Farhodjon Mamatqulovning aytishicha, xotin-qizlar muammolarini “Ayollar daftari”ni yuritish orqali tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlab chiqilgan “Vaqtinchalik tartib”ga muvofiq, tumanda bir talay ezgu ishlar amalga oshirilmoqda.

-  Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida tumanda istiqomat qiluvchi xotin-qizlar tomonidan uy-joy masalasi bilan bog‘liq 34 ta ariza va murojaat kelib tushgan, - deydi F.Mamatqulov. – Talabgorlarni tanlash komissiyasi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar va fuqarolarning yashash sharoitini manzilli o‘rganish natijalari asosida, 20 nafar fuqaroga uy-joy sotib olish uchun boshlang‘ich to‘lovni to‘lab berish bo‘yicha aniq to‘xtamga kelindi. Taklifni xalq deputatlari tuman Kengashiga kiritdik. Shu tariqa, 20 nafar fuqaro eng ulug‘, eng aziz kun – davlatimiz Mustaqilligining 30 yilligi oldidan munosib bayram tuhfasiga ega bo‘ldilar.

Ma’lum qilinishicha, har biri 2 xonadan iborat yangi xonadonlarni sotib olish uchun tegishli bank filialida omonatlar shakllantirilgan va ularga 22 million 518 ming so‘mdan mablag‘ boshlang‘ich to‘lov uchun o‘tkazib berilgan. Buning uchun jami 450 million 360 ming so‘m yo‘naltirilgan.

M. Sulaymonov, O‘zA