Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bag‘dodda bolalar kuniga basseyn ochildi (+video)
19:09 / 2024-05-31

–Ilgari yoshligimizda qishloq ariqlarida cho‘milar edik. Basseyn qurishdan avval bir oz cho‘chigandik. Chunki anchagina mablag‘ sarfladik. Qolaversa havzadan suv ketmaydigan texnologiyani joriy qildik, - deydi tadbirkor G‘ayratjon Yusupov. –Xudoga shukr, 3 oyda bitkazdik. Farzandlarimiz, mahalla bolalari quvonib cho‘milayotganini ko‘rib xursand bo‘lib ketdim. Charchoqlarim ham chiqib ketdi.

Chuvalanchi Bag‘dod tumanining eng chet qishloqlaridan biri. 1 iyun bolajonlar bayrami arafasida tadbirkor G‘ayratjon Yusupov mahalladagi bo‘sh  va tashlandiq  ahvoldagi 8 sotix maydonda talab darajasidagi cho‘milish – suzish havzasini qurib bitkazdi. U ishga tushgan birinchi kuniyoq chor atrofdan yoshlar oqib kela boshladi. Bu yerda yechinish-kiyinish, yuvinish xonalari mavjud. Suv esa rohatijon. Quvonchi ichiga sig‘magan bolalar miriqib cho‘milmoqda. Chunki suv hamisha, tunu-kun toza, sanitariya talablariga javob beradi.

–Basseynga zarur bo‘lgan barcha me’yoriy jihozlarni o‘rnatganmiz. Nasos va filtrlar bor. Kimyoviy dorilar ham yetarli. Suv uzluksiz tozalab turiladi, - deydi G‘ayratjon Yusupov.

Tadbirkor mahalla yettiligi hamkorligida suzish bo‘yicha murabbiy olmoqchi. Kelgusida suvda “quvnoq o‘yinlar” tashkil etish, musobaqalar o‘tkazishni ham maqsad qilganlar.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/GwkCB5dwW80" title="Bagʻdodda bolalar kuniga basseyn ochildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (video), O‘zA