Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bag‘dodda 82 nafar talaba uchun to‘lov-kontraktlarining bir qismi to‘lab berildi
12:26 / 2022-03-20

Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida 82 nafar talaba uchun to‘lov-kontraktlarining bir qismi to‘lab berildi.

Buning uchun “Yoshlar jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 158,5 million so‘m yo‘naltirilgan.

Yoshlar ishlari agentligining Bag‘dod tumani bo‘limi boshlig‘i Orzimurod Abdurahmonovning ma’lum qilishicha,  tumanda mavjud 59 nafar yoshlar yetakchilari tomonidan olib borilgan xatlovlar natijasida 540 nafar yigit-qiz “Yoshlar daftari”ga kiritildi.

-  Shu kunga qadar ularning 95 nafari tashkilot va korxonalarda, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirildi, - deydi O.Abdurahmonov. – Bundan tashqari, 47 nafar yoshlarga jami 611 million so‘m miqdorida bank kreditlari ajratilib, tadbirkorlik faoliyatini boshlashda ko‘mak berildi. 51 nafar yoshlar salohiyatli tadbirkorlar va hunarmandlarga biriktirildi. Ish bilan band bo‘lmagan 462 nafar yoshlarga esa ijara asosida foydalanish uchun 52 gektar ekin maydoni ajratildi. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 133 nafar yoshlarga jamg‘arma mablag‘lari hisobidan yordamlar ko‘rsatildi.

Tumanda yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. Shunga ko‘ra, joylarda sektor rahbarlarining yoshlar bilan uchrashuvlari muntazam tashkillab borilmoqda. Joriy yil boshidan buyon bu uchrashuvlarda yoshlardan 1 ming 200 ga yaqin murojaat kelib tushgan bo‘lsa, ularning 1 ming 20 tasi (85 foiz) ijobiy hal etilishiga eshirilgan.

M.Sulaymonov, O‘zA