Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bagama hududiga vaqtincha “SpacyeX” raketasi qo‘nmaydi
17:45 / 2025-04-16

Bagama orollari hukumati aloqalar bo‘yicha direktori Latre Raming ma’lum qilishicha, mamlakatga “SpaceX Falcon 9” raketalari qo‘nishi atrof-muhitni baholash yakunlanmaguncha taqiqlandi.

– Atrof-muhitni rejalashtirish va muhofaza qilish departamenti orqali parvoz ta’siri to‘liq o‘rganilgunga qadar mamlakat hududiga har qanday “SpaceX Falcon 9” raketalari qo‘nishi to‘xtatilgani e’lon qilindi, – deb yozilgan ijtimoiy tarmoq orqali chiqqan bayonotda. Vaqtincha yangi ruxsatnoma berilmaydi.

Shu paytgacha bunday raketalarning Bagama suviga qo‘nishi chog‘ida hech qanday noxush voqea kuzatilmagan. Mart oyida ilk bor “SpaceX Starship” halokatga uchradi.

– Texasdagi bazadan uchirilgan raketa nazoratni yo‘qotib, Bagama janubiy hududiga quladi, – deyilgan xabarda. – Kutilganidek, hodisa mahalliy hokimiyat va jamoatchilik xavotiriga sabab bo‘ldi. Oqibat hukumat shunday qarorga keldi.