Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bagam orollari yaqinida 16 nafar migrant dengizga g‘arq bo‘ldi
10:35 / 2022-07-25

Bagam orollari yaqinida Gaitidan suzib kelayotgan qayiq halokatga uchragan, natijada 16 nafar migrant halok bo‘lgan.

Reyter agentligining mahalliy hukumatga tayanib yozishicha, migrantlar  qayiqqa o‘tirib Gaitidan AQSHga qarab suzgan. Yakshanba kuni ertalab qayiq Nyu Providens oroliga 11 kilometr qolganda ag‘darilib ketgan. 

Migratsiya masalalari bo‘yicha vazir Kit Bellning ta’kidlashicha, halokat tufayli 16 kishi qurbon bo‘lgan,  21 kishi qutqarib qolingan. Yo‘lga chiqishdan oldin qayiqda jami qancha odam bo‘lgani hozircha noma’lum bo‘lib turibdi, deyiladi xabarda.