Badridinova Aziza Abrol qizining filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Ingliz va o‘zbek badiiy asarlaridagi paremiyalarda nutqiy aktlarning ifodalanishi (V.Kollinz va A.Qodiriy asarlari misolida)” mavzusida
Badridinova Aziza Abrol қизининг 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Ingliz va o‘zbek badiiy asarlaridagi paremiyalarda nutqiy aktlarning ifodalanishi (V.Kollinz va A.Qodiriy asarlari misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 18 aprel kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100147, Toshkent shahri, Universitet ko‘chasi 4-uy, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Tel./Faks: (99871) 246-02-24
e-mail: nauka@nuu.uz