Badr al-Darvesh: “Toshkentdagi Assambleya Osiyoda ot sportini rivojlantirishga xizmat qiladi”
Joriy yilning 9-12 dekabr kunlari poytaxtimizda Osiyo ot sporti federatsiyasining navbatdagi Bosh Assambleyasi oʻtkazilganidan xabaringiz bor
Joriy yilning 9-12 dekabr kunlari poytaxtimizda Osiyo ot sporti federatsiyasining navbatdagi Bosh Assambleyasi oʻtkazilganidan xabaringiz bor.
Qitʼamizning 30ga yaqin davlati vakillari ishtirok etgan mazkur tadbir yuksak saviyada tashkil etildi. Buni Osiyo ot sporti federatsiyasi veb-saytiga bergan intervyusida tashkilot ijrochi direktori Badr al-Darvesh ham alohida eʼtirof etdi.
Men Oʻzbekistonda ilgari ham boʻlganman va shuni taʼkidlashni istardim, oʻtgan yillar davomida bu yerda katta oʻzgarishlar sodir boʻlibdi. Oʻtgan safargi tashrifim bilan bu galgisini taqqoslaydigan boʻlsam, darhaqiqat ulkan islohotlar amalga oshirilgan. Xususan, mamlakatda ot sportini keng ommalashtirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida salmoqli ishlar bajarilgan. Bu esa Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi toʻgʻri yoʻlda rivojlanayotganining tasdigʻidir. Bejizga Osiyo ot sporti federatsiyasining Bosh Assambleyani oʻtkazish uchun Toshkent tanlanmadi. Oʻz navbatida biz Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasiga ushbu anjumanni yuksak saviyada tashkillashtirgani uchun minnatdorchilik bildiramiz. Assambleyada Osiyo ot sporti federatsiyasi Nizomiga oʻzgartirishlar kiritish masalasi muhokama qilindi. Yangi qoidalar qitʼamizda ot sportini rivojlantirishga xizmat qiladi va bu boradagi imkoniyatlar koʻlami kengayadi, deb oʻylayman. Bu faqat Osiyo ot sporti federatsiyasiga emas, balki tashkilotimizga aʼzo barcha federatsiyalar uchun manfaat keltiradi.