Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Badmintonchilarimiz III MDH o‘yinlarida ikkinchi bo‘ldi
13:30 / 2025-10-02

Ozarbayjonda o‘tayotgan III MDH o‘yinlarining badminton bo‘yicha aralash jamoaviy bahslari o‘z yakuniga yetdi.

Quvonarlisi, unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar o‘tgan bellashuvlarda Tojikiston, Belarus termalarini taslim etib, kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 3 ta oltin, 8 ta kumush hamda 17 ta bronza jam 28 taga yetdi. Ayni damda sportchilarimiz voleybol, suzish, kamondan otish, stenddan otish va qilichbozlik sport turlarida bahslashmoqda.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA