Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
17:51 / 2024-07-25

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, Badiiy tarjima sohasida Muxammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Ushbu Nizom badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot uchun hujjatlarni taqdim etish, ularni ko‘rib chiqish, g‘oliblarni aniqlash va taqdirlash tartibini belgilaydi.

Mukofot o‘zbek adabiyotining eng yaxshi asarlarini xorijiy tillarga, jahon adabiyotining eng sara namunalarini o‘zbek tiliga tarjima qilishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, faol ijod qilayotgan mohir tarjimonlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, badiiy tarjimaning saviyasini yanada oshirish hamda mamlakatimizda adabiyot va kitobxonlikni keng ommalashtirish maqsadida joriy etiladi.

Nizomda:

Badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofotga hujjatlarni taqdim etish, ularni ko‘rib chiqish, g‘oliblarii aniqlash tartibi;

xalqaro mukofot beriladigan yo‘nalishlar;

o‘zbek badiiy tarjima maktabini rivojlantirish hamda xalqlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlashda alohida ahamiyatga ega bo‘lgan tarjima asarlar uchun rag‘batlantiruvchi mukofotlar berish.

Mazkur Nizomga muvofiq, g‘oliblarni aniqlash va taqdirlash bo‘yicha qarorlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 4 iyundagi PQ-205-son qarori bilan tuzilgan Badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot kengashi tomonidan qabul qilinadi.

Kengash qarorlari Kengash yig‘ilishining bayoni bilan rasmiylashtiriladi va Kengash raisi yoki yig‘ilishga raislik qilgan Kengash raisining o‘rinbosari tomonidan imzolanadi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Kengashning ishchi organi hisoblanadi.

Tanlov ikki yilda bir marta o‘tkazilib, g‘oliblarga Xalqaro mukofotni tantanali topshirish sanasi Kengash tomonidan belgilanadi. 

O‘zA