Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Badiiy publitsistika kengashining faoliyati tahlil qilindi
18:55 / 2026-02-23

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Badiiy publitsistika kengashining 2025-yil faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan yillik hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda kengash a’zolari, ijodkorlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Badiiy publitsistika kengashi rahbari, ustoz jurnalist, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev boshqargan mazkur yig‘ilishda media sohasining bugungi holati batafsil tahlil etildi.  

2025-yilda Badiiy publitsistika kengashi tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirildi. Uyushmaga kelgan publitsistika yo‘nalishidagi qo‘lyozmalar haqida taqrizlar xulosalar berildi.  

An’anaviy Zomin seminariga  tavsiya etilgan uchta yosh ijodkorning ishlari Kengash tomonidan o‘qib chiqildi va ularning ikki nafariga (publitsistika va badiiy tarjima) ijobiy xulosa yozib berildi.  

[gallery-27825]

Amerikalik publitsist yozuvchi  Sara Jioning  sarguzasht romani kengash tomonidan o‘rganildi va tarjima qilishga tavsiya qilindi.  

Yilning eng yaxshi kitobi Q.Rafiqovning “Shavkat Mirziyoyevning yo‘li” kitobi bo‘ldi. Bu kitob qirg‘iz tilida Ahmadjon Meliboyev tarjimasida Qirg‘izistonda chop etildi. Shuningdek, Ahmadjon Meliboyevning “Jurnalistika saboqlari”, “Jurnalistning til boyligi” sarlavhali kitoblari chop etildi.  

Erkin A’zamning “Tanlangan asarlar”ining 5-jildi, Zuhriddin Isomiddinovning “Bir qatraning favvorasi”, Zulfiya Mo‘minovaning “Bu kunlarni she’r qil, shoirim”, Otaulining “Jonli so‘z”, Suvon Melining “Ishq zori izhori”, Munavvara Usmonovaning “Bir kuni...”, Salim Ashurning “Hayotning davomi”, Iqbol Qo‘shshayevaning “Zaminga sig‘magan orzular”,  Zamira Ro‘ziyevaning “Gavhar yanglig‘ go‘shalar”, Risolat Haydarovaning “Kolya aka” to‘plamlari o‘quvchilar qo‘liga yetib bordi. Aytish mumkinki, bu to‘plamlarni 2025-yilgi badiiy publitsistikamizning sara ishlari, desak ham bo‘ladi.

Yig‘ilishda “Jahon adabiyoti” jurnali tahririyatidagi yosh publitsistlar maktabida jurnalistlik mahorati sirlarini o‘rganayotgan yosh jurnalistlar orasida yangi nomlar ko‘zga tashlanayotgani ta’kidlandi. Joriy yildagi faoliyatiga oid takliflar o‘rtaga tashlandi.  

Yakunda kengashning 2026-yildagi rejalari belgilab olindi.

N.Usmonova, O.Pardayev (surat), O‘zA muxbiri