Badiiy gimnastikachimiz Milanda iroda va matonat timsoliga aylandi
Italiyaning Milan shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha yakunlangan jahon kubogining final bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari munosib natijalarni qayd etdi.
Gimnastikachilarimiz o‘rtasida eng yaxshi ko‘rsatkichni Anastasiya Saranseva qayd etdi. U ko‘pkurash natijalariga ko‘ra, 108,65 ball to‘pladi va 7-o‘rinni egalladi. To‘p bilan mashq finalida esa hamyurtimiz 8-o‘rindan joy oldi.
Terma jamoamiz a’zosi guruh mashqlarida iroda va matonat timsoliga aylandi. Gimnastikachilarimiz ko‘pkurashda 13 ta jamoani ortda qoldirib, 4-o‘rinni egalladi.
Jahon kubogining so‘nggi kunida beshta lentali mashqda o‘zbekistonlik gimnastikachilar 5-o‘rin bilan kifoyalandi.
Aytish lozimki, yurtimiz badiiy gimnastikachilari Milan bahslari ortidan xalqaro reytingdagi mavqelarini yanada mustahkamlab oldi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA