Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Badiiy gimnastikachilarimiz Osiyoda tengsiz
17:16 / 2019-06-21

Xabar berganimizdek, kecha Tailandning Pattayya shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionatiga start berildi.


Xabar berganimizdek, kecha Tailandning Pattayya shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionatiga start berildi.

Musobaqaning bugungi dasturida terma jamoamiz a’zolari o‘z hisobiga ikkita oltin va bitta kumush medalni qo‘shib qo‘ydi.

Terma jamoamizning yetakchi sportchisi Sabina Toshkenboeva yakkalik bahslarining ko‘pkurash yo‘nalishida oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, Nuriniso Usmonova hamda Yekaterina Fetisova juftligi jamoaviy bahslarda shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Ushbu yo‘nalishda Xitoy va Yaponiya terma jamoalari kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Guruh mashqlarida qatnashgan qizlarimiz ham sovrindor bo‘ldi, ular kumush medalga munosib ko‘rildi. Mazkur yo‘nalishda oltin medalni Yaponiya terma jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, xitoylik qizlar uchinchi pog‘onadan joy oldi.

Badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionati 23 iyun kuni yakunlanadi.