Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Badiiy gimnastikachilarimiz ishtirokidagi jahon chempionati boshlandi
10:46 / 2025-08-20

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha jahon chempionati start oldi. Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Musobaqa tarixda ilk bor Janubiy Amerikada o‘tkazilayotgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Bahslar “Park Olimpiko” arenasida o‘tadi. To‘rt kun davomida 96 nafar sportchi yakkalik bahslarida, 36 ta terma jamoa esa guruh bellashuvlarida o‘z mahoratlarini namoyon etishadi.  

O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatida quyidagi tarkib bilan ishtirok etadi:  

Yakkalik bahslarida: Anastasiya Saranseva va Taxmina Ikromova;

Guruh mashqi: Mumtozabonu Ishoqzoda, Irodaxon Sodiqova, Amaliya Mamedova, Adelya Fayzulina, Evelina Atalyans va Maftuna Zoirovadan iborat terma jamoamiz.

Bugun jahon chempionatining ilk kunida yakkalik ko‘pkurash yo‘nalishada halqa va to‘pda mashq bajarish bo‘yicha saralash bahslari bo‘lib o‘tadi. Ertaga, 21 avgust kuni esa gimnastikachilar bulava va tasmada mashq bajarishda saralanadi. Ushbu yo‘nalishdagi final bellashuvlari 22 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA