Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Badiiy gimnastika: Vazir kubogi g‘oliblari aniqlandi
12:28 / 2025-12-03

Poytaxtimizda badiiy gimnastika bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi uchun o‘tkazilgan musobaqalarda mahoratli sportchilar g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Yosh gimnastikachilar uchun haqiqiy sport bayrami ko‘rinishida o‘tgan qiziqarli bahslar yakuniga ko‘ra, yakkalik musobaqalarda toshkentlik Milana Shestakova g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi. 2 va 3-o‘rinlar qoraqalpog‘istonlik Sevara Sharipova hamda samarqandlik Muslima Aliakbarovaga nasib etdi.

Kubokning jamoaviy musobaqalarida Toshkent shahri jamoasi yetakchilikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, keyingi pog‘onalardan Buxoro va Sirdaryo viloyati vakillari joy egalladi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA