Badiiy gimnastika: qit’a chempionatining ilk kunida 4 ta medal
Filippinda badiiy gimnastika bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatining dastlabki medallari o‘z egalariga topshirildi.
Ilk kungi bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 3 ta oltin va 1 ta kumush medalga sazovor bo‘ldi. Iste’dodli yoshlarimiz yakkalik hamda guruh mashqlarini o‘z ichiga olgan jamoaviy dastur, ko‘pkurash yo‘nalishida tengsiz ekanliklarini ko‘rsatdi.

Yoshlarimizning muvaffaqiyatidan ruhlangan katta yoshdagi qizlar terma jamoasi a’zolari ham jamoaviy yo‘nalishda oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Guruh mashqlarining ko‘pkurash dasturida esa hamyurtlarimiz kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Musobaqalar davom etmoqda.
Ro‘ziyev, O‘zA