Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Badiiy gimnastika: Oltita hududda “Prezident olimpiadasi” qatnashchilari aniqlandi
14:20 / 2025-08-29

Mamlakatimizda boshqa sport turlari singari badiiy gimnastika bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekiston, olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari joylarda ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etilmoqda.

Xususan, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida joriy yilning dekabr oyida poytaxtimizda tashkil etiladigan “Prezident olimpiadasi” final musobaqalarida qatnashadigan mahoratli sportchilar saralandi.

Buxoroda tashkil etilgan shiddatli bahslarda Ferangiz Nutfilloyeva, Go‘zalbonu Boqiyeva Parvina Ahadova, Qashqadaryo viloyatida Muattarxon Egamberdiyeva, Dilnura Anvarova, Moxinur Eshpo‘latova, Samrqand musobaqalarida Nozima Eliboyeva, Amira Rashidova, Anjelina Useinova, Jizzax viloyatida Madina Sahobova, Muazzam Ro‘ziqulova, Maxliyo Jo‘rayeva, Surxondaryoda  Go‘zal Choriyeva, Laylo Egamberdiyeva, Musayeva Diyora, Qoraqalpog‘iston Respublikasida Gulshod Xudoybergenova, Gulnaz Maratova, Dilfuza Abdikarimova g‘olib va sovrindorlikka erishdi.

Endi ular Toshkentda o‘tadigan “Prezident olimpiadasi”da bosh sovrin uchun kechadigan musobaqalarda o‘z omadlarini sinovdan o‘tkazadi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA