Badiiy asarda emotsional va estetik jarayonlar fiziologiyasi masalasining o‘rganilish tarixi
Habiba Atabayevna YAKUBOVA katta o‘qituvchi Qashqadaryo viloyati Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi hayotiy faoliyat xavfsizligi o‘quv markazi Qarchi, O‘zbekisnon
Annotatsiya
Ushbu maqolada badiiy asar tahlilida psixologizm bilan birga fiziologizmning ham o‘rni, uning inson emotsiyalarini ko‘rsatishdagi mohiyati haqida fikr yuritiladi. Fiziologizm tarixi, uning alohida soha sifatidagi rivoji, badiiy tahlilga kirib kelishi bilan bog‘liq muammolar yoritiladi. Shuningdek fiziologizm va psixologizmning bir butun ajralmas emas, balki ikkita soha ekani va qaysidir o‘rinlarda kesishishini ko‘rsatib o‘tishga harakat qilinadi.
Tayanch so‘zlar: psixologizm, fiziologizm, estetika, emotsiya, jest, mimika, badiiy tahlil, Aristotel, Z. Freyd, temperament, xarakter.