Dilrabо Allanazarоvna ERGASHEVA dоktorant Filologiya fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori Termiz davlat universiteti Termiz, O‘zbekiston e-mail: ergashevad@tersu.uz
Annotatsiya
Ushbu maqolada badiiy asar tilidagi ichki monologlar orqali inson tafakkuriga xos bo‘lgan tahlil qilish, umumlashtirish, konkretlashtirish, zidlash kabi aqliy faoliyat amallari badiiy matnda o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘lishi tadqiq etilgan. Bunda matn yaratuvchi shaxs o‘zi tavsiflayotgan obyektga ijodiy yondashib, uning ochilmagan qirralarini o‘ziga xos tarzda ko‘rsatib berishga harakat qiladi. Bu kabi tafakkur amallari badiiy matnda o‘z ifodasini topadi. Badiiy matnda tafakkur amallarini nutqiy tuzilmadagi in’ikosi nuqtai nazaridan tadqiq etish uning lingvopoetik, antropotsentrik, psixolingvistik xususiyatlarini yoritishda ma’lum ahamiyat kasb etishi mahoratli ijodkor Odil Yoqubov asarlaridan olingan monologlar asosida tahlil qilingan.
Tayanch so‘zlar: ichki monolog, badiiy so‘z tahlili, ijodiy tafakkur, adabiy til uslubi, nutqiy jarayon, nutqiy san’at, lisoniy maydon, muallif nutqi, tilning badiiy-estetik vazifasi.