Babajanova Zabarjad Tursunbayevnaning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“O‘zbekistonda madaniy muhitning shakllanishida art-jurnalistikaning o‘rni” mavzusida
Babajanova Zabarjad Tursunbayevnaning 10.00.09 ‒ Jurnalistika ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekistonda madaniy muhitning shakllanishida art-jurnalistikaning o‘rni” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.30/30.12.2019.Fil.14.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 29-noyabr kuni soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100003, Toshkent shahri, Markaz-5, 88-uy.
Tel./Faks: (99871) 871 2070906.
e-mail: www.uzjoku.uz_info@jmcu.uz