Birlashgan Arab Amirliklari rasmiylari ikki yillik tanaffusdan so‘ng Muqaddas Ramazon oyida an’anaviy chodirlar qayta tiklanishini e’lon qildi. Mazkur chodirlar an’anaviy suhbatlar, iftorlik marosimi uchun mo‘ljallangan.
“Islam.ru” nashri xabariga ko‘ra, pandemiyadan oldin masjidlar yonida chodirlar o‘rnatilar, faqirlar shu yerda ovqatlanishlari mumkin edi. 2020 yil pandemiya davrida xayriya tashkilotlari ommaviy yig‘inlardan chekinish maqsadida iftorlik taomini to‘g‘ridan-to‘g‘ri muhtojlar uyiga yetkazib berishdi.
Mahalliy hokimiyat qaroriga ko‘ra, bu chodirlarga kirish uchun “Al Hosn” ilovasining "yashil" o‘tish guvohnomasi talab qilinadi. Chodirni o‘rnatishga Qizil yarim oy jamiyati tashkilotidan ruxsat olinishi kerak.
- Bunday manzilda niqob taqish, ijtimoiy masofaga rioya qilish qoidasiga rioya qilinadi, - deyiladi The National xabarida. - Bir martalik idishlar, oshxona jihozlaridan foydalanish tavsiya etilgan. Tashkilotchilar dezinfeksiya vositalarini taqdim etishlari shart. Ushbu qaror epidemiologik vaziyat yaxshilanishi sharitida qabul qilindi Chodirlar iftordan bir soat oldin ochiladi.
O‘zA