Hamkorlarimiz sahifalarida
Abu-Dabi va Dubay shaharlarida rassom Fadi Al-Avaydning “Satrlar orasi” ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tmoqda, u 30 sentyabrgacha davom etadi.
Rassom Fadi Al-Avayd Amirliklar axborot agentligi (WAM) ga bergan eksklyuziv bayonotida “Yashirinlar” ko‘rgazmasi shonli o‘tmish bilan yangilanish ruxining esdalik sovg‘asi va translyatsiyasi ekanligini aytdi. Ko‘rgazmani yosh avlodga arab va islom sivilizatsiyasining diqqatga sazovor joylarini ma’lum darajada kashf etish imkonini beruvchi saboq deya e’tirof etdi. Tarixning yorqin nuqtasi bilan uyg‘unlashish, boy merosga sho‘ng‘ish imkoniyatidan bahramand bo‘lib, undan quvvat olish uchun ulkan xazina dedi.
Dubayda o‘z faoliyatini boshlagan “Satrlar orasi” ko‘rgazmasi esa so‘zlar o‘rtasidagi munosabat ma’nosini o‘zida mujassam etgan 19 dan ortiq rasm va san’at asarlarini o‘z ichiga olgani, jumboq bo‘lgan satrlar orasida chiroyli ma’no yashiringani hamda har kim o‘zi istagan ma’noni ilg‘ay olishini ta’kidladi. Ko‘rgazmada akril va xitoy siyohida chizilgan rasmlar, mo‘’tabar bitiklar yozilgan xitoy kulolchilik buyumlari, she’r va aforizmlar o‘rin olganini qayd etdi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Abu-Dabida o‘z faoliyatini boshlagan “Yashirinlar” ko‘rgazmasi 17 dan ortiq plastik rasmlar (siyoh va akril kollajlar) orqali arab tili va yozuv rivojiga oydinlik kiritadi.
E’tiborlisi, rassom Fadi Al-Avayd 2007 yilda Ad-Divaniy xattotlik
mukofoti va 2018yilda Amirliklarda “Al Burda” mukofoti sovrindori bo‘lib, ko‘plab xalqaro tanlov va ko‘rgazmalarda ishtirok etgan. U arab qo‘lyozmalari va qadimiy yozuvlarni qayta tiklash bo‘yicha tadqiqotlarini
taqdim etgan.
Muharrama Pirmatova, O‘zA