Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BAAda kuchli yomg‘irlar avjida 
12:01 / 2025-12-22

Birlashgan Arab Amirliklari bo‘ylab kuchli yomg‘irlar yog‘ishi oqibatida o‘lkadagi ko‘plab shaharlarni suv bosdi. Rasmiylar aholini uyda qolishga va suv bosgan hududlardan chekinishga chaqirmoqda, deya xabar bermoqda  “Kazinform” axborot agentligi. 

BAA Milliy meteorologiya markazi mamlakat bo‘ylab yana shiddatli yomg‘ir va shamol davom etishini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, eng kuchli yog‘ingarchilik Ras-al-Xaymada 127 mm, Port Saqirda esa 123 mm bo‘lgan. Jabal Ar Rahba va Jabal Jaysning tog‘li hududlari mos ravishda 117,5 mm va 166,6 mm bo‘lgan. 

“Gulf news” xabariga ko‘ra, Sharja politsiyasi suv toshqini tufayli sanoat hududida ikki kishining elektr toki urishi natijasida halok bo‘lganini tasdiqladi. 

Qolaversa, mamlakatning eng yirik shaharlaridan biri Dubay ham suv ostida qolgan. Rasmiylar xavfsizlik nuqtai nazaridan shahardagi istirohat bog‘lari va jamoat plyajlarini yopdi.

G.Sattorova, O‘zA