BAA vakillari bilan muhim masalalar ko‘rib chiqildi
Toshkent shahar hokimligida hokim Shavkat Umurzoqov va Birlashgan Arab Amirliklarining "Gulf Land Property Developers LLC" kompaniyasi raisi va bosh direktori Shaher Marvan Mosli boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda yurtimizda so‘nggi yillarda xalq manfaati va barqaror rivojlanish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar olib borilayotgani e’tirof etildi. Ayniqsa, Toshkentdagi zamonaviy qurilishlar, aholining turmush darajasini oshirish, madaniy hordiq va turistlar uchun yaratilgan imkoniyat hamda sharoitlar yuqori sur’atlarda o‘sayotgani ta’kidlandi.


Shuningdek, uchrashuvda investitsiya tashabbuslari amalga oshirilishi, shahar infratuzilmasini rivojlantirish, arxitektura va qurilish sohasiga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Qulay va barqaror shahar muhitini yaratish sohasidagi hamkorlik imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Yakunda muhim kelishuvlarga erishildi.


Gulnoza Boboyeva, O‘zA