BAA va Isroil iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha keng qamrovli kelishuv imzoladi
Mazkur kelishuv asosida ikki mamlakat o‘rtasida neft savdosi va investitsiya ko‘lamini kengaytirish ko‘zda tutilgan.
Hujjat BAA tashqi savdo vaziri va Isroil iqtisodiyot vaziri o‘rtasida imzolandi.
Bitim ikki tomonlama savdo hajmini besh yil ichida kamida 10 milliard dollarga yetkazish imkonini beradi.
bugungi kunda BAA va Isroil o‘rtasida 65 dan ortiq shartnoma va kelishuv tuzilgan. Mingdan ziyod Isroil kompaniyasi amirliklarda ofis yoki vakolatxona ochishni rejalashtirmoqda.
Gulruh Abdullayeva tayyorladi.
O‘zA