Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BAA Prezidenti Iordaniyaga keldi
02:09 / 2023-08-04

“WAM” xabar berishicha, BAA Prezidenti shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon rasmiy tashrif bilan Ammanga keldi. Oliy martabali mehmonni Marka xalqaro aeroportida Iordaniya Qiroli Abdulloh II bin Al-Husayn kutib oldi.

Ikki davlat rahbarlari uchrashuvida ko‘p yillik hamkorlikni yanada mustahkamlash masalasi, qator mintaqaviy va xalqaro tadbirlar muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida muhim strategik sohalarda sheriklikni kengaytirish yo‘llari ko‘rib chiqildi. Ikki mamlakatni barqaror rivojlantirish, xalqlar farovonligini ta’minlash va boshqa muhim yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar turli nizolarni hal etishda muloqot va diplomatiya muhimligiga umumiy ishonch bildirdilar. Tinchlikni mustahkamlash, mintaqa va dunyo miqyosida barqarorlik o‘rnatish yo‘lidagi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga sodiqlik ta’kidlandi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA