Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BAA Prezidenti Fransiyaga ikki kunlik davlat tashrifini amalga oshirdi
17:29 / 2022-07-19

Joriy yilning 18 iyul kuni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin ikki kunlik davlat tashrifi bilan Parijga keldi.

Shayxni Fransiya rahbari Emmanuel Makron kutib oldi.   

Bu Ol Nahayyonning davlat rahbari sifatidagi ilk xorijiy tashrifi ekanligini qayd etish joiz.  

«Mamlakatlarimiz ko‘p sohalarda uzoq yillik hamkorlikni davom ettirmoqda. Biz farovon kelajak yo‘lidagi hamkorlik va aloqalarni yanada mustahkamlashga intilamiz», – deb yozadi BAA rahbari o‘zining Twitter dagi sahifasida. 

Yelisey saroyida ikki davlat rahbarlari tomonidan BAA va Fransiya o‘rtasida investitsiya, iqtisodiyot, madaniy almashinuv, ilmiy innovatsiya, ilg‘or texnologiyalar, energetika, oziq-ovqat xavfsizligi va iqlim o‘zgarishi sohalarida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan yangi kelishuvlar ko‘rib chiqildi.  

WAM axborot agentligi xabar berishicha, E.Makron Muhammad bin Zoid Ol Naxayyonni Fransiyaning oliy mukofoti - Faxriy legionning Buyuk xoch ordeni bilan taqdirladi. O‘z navbatida BAA rahbari Fransiya Prezidentini BAAning oliy davlat mukofoti - Zoid ordeni bilan taqdirladi.  

Ma’lumki, BAA rahbari shuningdek, Fransiyaning yuqori martabali rasmiylari, jumladan, Bosh vazir Elizabet Born va Milliy Assambleya Prezidenti Yael Braun-Pive bilan ham uchrashadi.   

WAM i The National materiallari asosida 

Gulruh Abdullayeva tayyorladi, 

O‘zA