Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BAA maktablarida sun’iy intellekt ilovalari taqiqlandi
10:55 / 2026-02-17

Birlashgan Arab Amirliklari Ta’lim vazirligi mamlakatdagi barcha ta’lim muassasalariga generativ sun’iy intellektdan foydalanishni tartibga soluvchi yangi majburiy yo‘riqnomani yubordi.

Yangi tartibga ko‘ra, 7-sinfdan kichik yoki 13 yoshga to‘lmagan o‘quvchilarga ChatGPT kabi sun’iy intellekt ilovalaridan foydalanish taqiqlanadi.

Mazkur cheklov akademik halollikni ta’minlash, o‘quvchilar xavfsizligini kuchaytirish hamda ta’lim jarayonida tartib-intizomni saqlash maqsadida joriy etildi. Qoida 2026-yilga mo‘ljallangan “Sinflarda sun’iy intellektdan xavfsiz va mas’uliyatli foydalanish” qo‘llanmasida batafsil bayon etilgan.

Hujjatda sun’iy intellektdan foydalanishning aniq doirasi va chegarasi belgilab berilgan. Vazirlik tomonidan tasdiqlanmagan holatlarda ushbu texnologiyalardan foydalanish amaldagi ta’lim qoidasiga muvofiq, javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.

F. Yaxshiboyeva, O‘zA