Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BAA kiber hujumlarni bartaraf etdi
19:20 / 2026-02-26

Birlashgan Arab Amirliklari Kiber xavfsizlik kengashi mamlakatning raqamli infratuzilmasi va strategik tarmog‘iga qaratilgan tizimli hujum to‘xtatilganini ma’lum qildi. Bayonotda aytilishicha, terror xususiyatiga ega bu urinish asosiy xizmatni izdan chiqarish, barqarorlikka putur yetkazish maqsadini ko‘zlagan. Bu haqda O‘zA hamkori WAM yozdi.

Hujum tarmoqqa noqonuniy kirish, firib dasturlar joylashtirish hamda keng ko‘lamli fishing kampaniya ko‘rinishida amalga oshirilgan. Ayrim hollarda sun’iy intellekt yordamida murakkab vositalar ishlab chiqilgan. Demak, ekstremistik guruhlarda zamonaviy texnologiyani qo‘llash ko‘nikmasi rivojlanmoqda.

Ayni payt xavfsizlik tizimi uzluksiz ishlayotgani, mahalliy va xalqaro hamkorlar bilan hamjihatlikda tahdidlarga qarshi munosib javob berilayotgani ta’kidlandi. Strategik sheriklik doirasida ilg‘or texnologiya qo‘llanib, himoya kuchaytirilgan, tiklanish jarayoni tezlashtirilgan va raqamli barqarorlik ta’minlangan.

Kengash raqamli makonni himoya qilish ustuvor vazifa ekanini yana bir bor tasdiqlab, aholini har qanday shubhali kiber faollik haqida rasmiy manbalar orqali xabar berishga chaqirdi.

Musulmon Ziyo, O‘zA