Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BAA Hukumat ishlari bo‘yicha vazir o‘rinbosari bilan hamkorlik loyihalari muhokama qilindi
10:10 / 2024-01-31

Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda amalga oshirib kelinayotgan «Bir million o‘zbek dasturchilari» loyihasi doirasida ko‘plab o‘zbekistonlik o‘g‘il-qizlar raqamli ko‘nikmalar va dasturlash asoslarini o‘rganmoqda.

Yoshlar o‘z iqtidorlarini ro‘yobga chiqarishi va namoyon etishlari uchun «Bir million o‘zbek dasturchilari» hamda mGovAward Respublika tanlovlari katta imkoniyat eshigini ochayotganini ham aytib o‘tish joiz.    

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov hamda Birlashgan Arab Amirliklarining Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri o‘rinbosari Abdulla Luta bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar mGov Award va “Bir million o‘zbek dasturchilari” loyihalari doirasida erishilgan muvaffaqiyatlarni alohida qayd etib, kelgusida ham bu kabi loyihalarni kengaytirish hamda ularni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha masalalarga e’tibor qaratdi.  

Shu bilan birga, O‘zbekistonda yaratilgan sharoitlar, IT Park tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, soliq imtiyozlari, IT kompaniyalarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish haqida axborotlar berildi.  

O‘z navbatida, yosh malakali kadrlar uchun ish o‘rinlari yaratish, sun’iy intellekt sohasida ta’limni rivojlantirish hamda mahalliy IT mahsulotlarinining eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.  

 

N.Rahmonova, O‘zA