Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BAA harbiylari Yamandan uchirilgan raketani urib tushirdi
11:33 / 2022-01-31

Birlashgan Arab Amirliklarining (BAA) havo hujumiga qarshi kuchlari Yamandagi “Ansar Alla” (Xusiylar) isyonchi guruh uchirgan ballistik raketani urib tushirdi, raketaning yerga tushgan bo‘laklaridan hech kim jabr ko‘rmadi, deyiladi BAA mudofaa vazirligining Twitterda tarqatgan xabarida.

"Mudofaa vazirligi Xusiylarning terrorchi guruhlari tomonidan BAA ga uchirilgan raketani urib tushirganini ma’lum qiladi, ushbu hujum oqibatida hech kim jabr ko‘rmadi, raketa bo‘laklari odamlar yashamaydigan hududga tushgan. BAA harbiy havo kuchlari va arab koalitsiyasi raketa uchirilgan joyni hamda raketa uchirish qurilmasini yo‘q qildi", – deyiladi xabarda.

Bu Xusiylarning yanvar oyida amirliklarga qilgan uchinchi hujumi bo‘ladi. Bundan avval o‘zi uchar qurilmadan Abu-Dabi neft kompaniyasiga uchirilgan raketa ikki kishining o‘limiga sabab bo‘lgan edi. O‘shanda o‘ndan ortiq odam jarohat olgan.

Yaman shimolida hokimiyati o‘rnatib olgan Xusiylar BAAga qarshi harbiy amaliyotini Amirliklarning Yamanda ularga qarshi harbiy harakatlari uchun javob ekanini ta’kidlamoqda.